19:46 / 12.04.2022
24424
Namanganda hokim yordamchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi, boshqa sheriklari bilan birgalikda, yer ajratib berish uchun 1,5 ming dollar va 5,6 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Chust tumanida fuqaroga fermer xo‘jaligi yer maydonini olib bermoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sheriklari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chust tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi F.A., “R.N.” fermer xo‘jaligi rahbari R.A. va boshqalar xo‘jalikning “Kaklikqo‘rg‘on” MFY hududidagi 5,3 gektar yer maydonini 15 ming dollar evaziga fuqaro N.ga bog‘dorchilik tashkil etish uchun ajratib berishni va’da qilib, oldindan 1,5 ming dollar va 5,6 mln so‘mni fuqarolar I.I. va K.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top