Umumiy qiymati 14 mlrd sömdan ortiq bölgan 9 ta davlat xaridida qonun buzilişi holatlariga yöl qöyilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xabar berdi.
Jumladan:
- «Şörtan gaz kimyo majmuasi» MÇJ buyurtmaçiligida 20 mart kuni Qaşqadaryo viloyatida paxta maydonlarini tomçilatib suğoriş tizimini örnatiş yuzasidan ötkazilgan 9,4 mlrd sömlik;
- «Oqdaryo tuman yöllardan foydalaniş» korxonasi buyurtmaçiligida 28 mart kuni quriliş işlarida foydalaniş uçun toş sotib oliş yuzasidan ötkazilgan 2,5 mlrd sömlik;
- Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmaçiligida 12 mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini örgatiş xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 150 mln sömlik davlat xaridlarida qonunçilik talablariga zid ravişda affillangan şaxslar ğoliblikni qölga kiritganligi ma’lum bölgan.
Şuningdek:
- «Hududgazta’minot» AJ buyurtmaçiligida 7 mart kuni soliq maslahati xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 1,2 mlrd sömlik;
- «Farğonayölkökalam» UK buyurtmaçiligida 27 fevral kuni 4 turdagi daraxtlar köçatlari xarid qiliş yuzasidan ötkazilgan 289,5 mln sömlik;
- Urganç davlat universiteti buyurtmaçiligida 6 mart kuni suziş fanida foydalaniş uçun suziş havzasi xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 260,6 mln sömlik;
- Qöqon şahar hokimligi buyurtmaçiligida 15 mart kuni respublika, viloyat va şahar miqyosida taşkil etiladigan tadbirlarga borib-kelişda yölovçi taşiş xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 212 mln sömlik;
- Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş markazi buyurtmaçiligida 12 mart kuni ötkazilgan hayvonlarning identifikatsiya raqami taşuvçilarining atributlariga qöyiladigan umumiy talablar töğrisidagi Özbekiston Respublikasi milliy standartini işlab çiqiş xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 120 mln sömlik;
- «Namangan yöl quriliş-ta’mirlaş» MÇJ buyurtmaçiligida 14 mart kuni obektda yöl quriş jarayonida suv taşiş va sepiş xizmatini körsatiş yuzasidan ötkazilgan 120 mln sömlik davlat xaridlarida iştirok etgan tadbirkorlarning hujjatlari Xarid komissiyasi raisi va a’zolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklanganligi va şu tariqa manfaatlar töqnaşuvi holatlarga yöl qöyilganligi aniqlangan.












