“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonunning maqsadi korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni şakllantiriş, halollik standartini joriy qiliş va manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida jamiyat manfaatlarini közlab xabar bergan şaxslarni himoya qiliş böyiça ta’sirçan çoralarni köriş va ularni himoya qiliş bilan boğliq boşqa munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Uşbu qonun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlarga maxfiylik asosida kömaklaşuvçi şaxslarni himoya qiliş bilan boğliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Xabar beruvçini himoya qilişning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- xabarlarni jamiyat manfaati sifatida körib çiqiş;
- himoya qilişning adolatliligi;
- xolislik;
- xabar beruvçi haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanişi;
- xabar beruvçining şa’ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş, şaxsiy hayot, turar-joy va mol-mulkining daxlsizligini ta’minlaş.
Xabar beruvçiga quyidagilar kafolatlanadi:
- xabar beruvçining hayoti, soğliği, şaxsiy va işçanlik obrösi hamda mol-mulkining himoya qilinişi;
- xabar beruvçining şaxsiga oid ma’lumotlar yoki boşqa sir tutilişi zarur bölgan ma’lumotlarning uçinçi şaxslarga oşkor qilinmasligi;
- zarur huquqiy yordam bilan ta’minlanişi;
- xabar beruvçidan qasd olişga qaratilgan harakatlar, şu jumladan uni noqonuniy ta’qib qiliş va jazolaşga yöl qöymaslik;
- xabar berganligi tufayli işdan böşatiş, lavozimini pasaytiriş, kamsitiş, bosim ötkaziş va boşqa şakllarda ta’qib qilinişiga yöl qöyilmasligining ta’minlaşişi, mehnat qonunçiligida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Xabar beruvçi qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda rağbatlantiriladi. Xabar beruvçi rağbatlantirişdan voz keçişga haqli. Mazkur moddaning birinçi va ikkinçi qismida nazarda tutilgan kafolatlar xabar beruvçining yaqin qarindoşlariga nisbatan ham tatbiq etilişi mumkin.
Xabar beruvçini himoya qilişni ta’minlovçi davlat organlari quyidagilardan iborat:












