15:22 / 15.04.2022
24925
Rossiya AQShni Ukrainaga qurol yetkazib berish oqibatlari haqida ogohlantirdi - OAV

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington Ukrainaga 800 million dollarlik harbiy yordam ajratishini ma’lum qilgandi.

Foto: Reuters

Moskva Vashingtonga nota yo‘llab, NATOning Kiyevga qurol yetkazib berishi vaziyatni keskinlashtirishi va "oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlar"ga olib kelishi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Washington Post.

Gazetada ta’kidlanishicha, nota AQSh Ukrainaga 800 million dollarlik harbiy yordam berishi to‘g‘risida e’lon qilganidan so‘ng jo‘natilgan.

Nota Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan AQSh davlat departamentiga berilgan, deyiladi xabarda. 

"Biz AQSh va uning ittifoqchilarini Ukrainaga mas’uliyatsiz ravishda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurol yetkazilishini to‘xtatishga chaqiramiz", - deya hujjatdan iqtibos keltirgan gazeta.

Davlat departamenti bu xabarga hozircha izoh bermadi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington Ukrainaga 800 million dollarlik harbiy yordam ajratishini ma’lum qilgandi. Pentagonning bildirishicha, Ukrainaga artilleriya, zirhli transport va vertolyotlar yetkazib beriladi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top