09:17 / 18.04.2022
28998
Zelenskiy Ukrainaga qurol yetkazib berishdagi kechikishlarni tanqid qildi 

Kiyev qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha ayrim so‘rovlarga javobni 53 kundan beri kutmoqda – urush aynan shuncha kun davom etyapti. Bu haqda Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.

Foto: dailmaily

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17 aprel, yakshanba kuni e’lon qilingan videomurojaatida «qurolning har bir kechikishi, har bir siyosiy kechikish - bu Rossiyaning ukrainaliklar hayotiga zomin bo‘lishiga ruxsat», deya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arbdagi hamkorlarga so‘rovlarining ayrim bandlari bo‘yicha Kiyev 53 kundan beri javob kutmoqda – Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari aynan shuncha kun davom etyapti. «Ba’zi javoblar shunday tuzilganki, yetkazib berish faqat may oyida boshlanishi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari hozirda Xarkovni o‘qqa tutishda davom etmoqda va u buni «ongli terror» deb atadi. Ukraina prezidenti so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt kunning o‘zida shaharda 100 dan ortiq odam jarohatlangan, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Ukrainaga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berish Germaniyani urush ishtirokchisiga aylantira olmaydi, sababi Ukraina Rossiyaga qarshi qonuniy mudofaa urushini olib bormoqda.Bu haqda 16 aprel kuni Germaniya adliya vaziri Marko Bushman ma’lum qildi. 

Ertasi kuni Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext Ukraina armiyasiga navbatdagi qurol partiyasini yetkazib berishni ma’qullagani ma’lum bo‘ldi. Gap GDR Milliy xalq armiyasining harbiy zaxiralaridan 58 ta zirhli texnika haqida bormoqda. Hozirda ular Chexiya kompaniyasiga tegishli va Ukrainaga sotilishi mumkin.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top