17:31 / 22.04.2022
7803
Yevrokengash raisi Putinni Ukraina shaharlarida gumanitar yo‘laklar ochishga chaqirdi

Sharl Mishel Vladimir Putin bilan oxirgi marta 15 martda suhbatlashgandi. 

Foto: AP

Yevrokengash raisi Sharl Mishel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotida uni pasxa bayrami munosabati bilan Ukraina shaharlarida gumanitar yo‘laklar ochishga chaqirganini ma’lum qildi.

"Prezident Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdim. Uni qat’iyan Mariupol va boshqa qamal qilingan shaharlarda zudlik bilan gumanitar va xavfsiz chiqish yo‘laklarini ta’minlashga chaqirdim, buning ustiga, pravoslav pasxasi", - deb yozdi Mishel tvitterda. 

Bundan tashqari, Yevrokengash raisi YeI Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ga salbiy munosabatda ekanligini tasdiqlagan.

Mishel Putin bilan oxirgi marta 15 martda suhbatlashgandi. O‘shanda ular Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini muhokama qilgandi. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top