13:25 / 27.04.2022
4326
Myanma sobiq bosh vaziri besh yilga ozodlikdan mahrum etildi 

76 yoshli Nobel mukofoti laureatiga nisbatan korrupsiya bo‘yicha o‘ndan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Picture Alliance

Myanma sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Aung San Su Chjini korrupsiyada ayblab besh yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.  

76 yoshli Nobel mukofoti laureatiga nisbatan korrupsiya bo‘yicha o‘ndan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu birinchi hukm bo‘lib, Su Chji har bir ayblov bo‘yicha 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.  

Aung San Su siyosatchilarning biridan pora sifatida oltin va 600 ming dollar olgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etmoqda.  

Aung San Su Chji bir necha oy avval boshqa ayblovlar bo‘yicha olti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

Mavzu
Myanmada harbiylar isyoni
1 fevral kuni Myanmada harbiylar mamlakatning amaldagi rahbari Aung San Suu Kyini hibsga olib, hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni Min Auing Hlaingga o‘tganini, bir yil davomida favqulodda holat rejimi amalda bo‘lishini e’lon qilishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top