Havo hujumi qurbonlari orasida harbiy kiyimdagi jangçilardan taşqari ayollar va bolalar ham bor. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti harbiy xuntaning harakatlarini keskin qoraladi va zöravonlikni töxtatişga çaqirdi.

Myanmada 11 aprel kuni ertalab Sagaing viloyatining çekka Kanbalu qişloğidagi isyonçilar bazasiga havo hujumi uyuştirilişi oqibatida önlab odamlar, jumladan, ayollar va bolalar halok böldi. Mintaqada mamlakatning hukmron harbiy xuntasiga kuçli qarşilik saqlanib qolmoqda.

11 aprel kuni keçqurun harbiy hokimiyat vakilining aytişiça, zarba xalq militsiyasining viloyatdagi vakolatxonasi oçiliş marosimi iştirokçilariga berilgan. Rasmiy qurbonlar soni böyiça aniq ma’lumot yöq, faqat halok bölganlar orasida «formadagi jangçilar» ham, «fuqarolik kiyimidagi şaxslar» ham borligi ta’kidlanadi. Vakil, şuningdek, ba’zilar isyonçilar qöygan minalarning portlaşi natijasida halok bölganini da’vo qildi.

Isyonçi guruhlardan birining qutqaruvçisi AFP axborot agentligiga halok bölganlar orasida ayollar va bolalar ham borligini aytdi. Uning hisob-kitoblariga köra, yuzga yaqin odam halok bölgan.

Internetda vayron bölgan binolar örtasida yotgan jasadlar aks etgan videolar e’lon qilingan. Ğarb ommaviy axborot vositalari bu materiallarning haqiqiyligini hali tasdiqlay olmadi. 

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş harbiy xuntaning harakatlarini keskin qoraladi.