09:00 / 29.04.2022
7827

“AGROBANK” tomonidan “O‘simliklar himoyasi” to‘plami nashr etildi

Foto: AGROBANK

Qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilimlarni joriy etishda tinimsiz ish olib borayotgan “AGROBANK” yana bir yangi loyihani amalga oshirdi. “AGROBANK” tomonidan o‘simliklar himoyasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha eng kerakli ma’lumotlar qayd etilgan 40 kitobdan iborat to‘plam chop etildi.

To‘plam “O‘simliklar himoyasi” deb nomlanadi va unda qishloq xo‘jaligining har bir yo‘nalishida: g‘allachilik, sabzavotchilik, o‘rmonchilik, bog‘dorchilik kabi turli jarayonlarda zararkunandalarga qarshi kurashish, o‘simliklar himoyasi va kasalliklar yuzasidan eng so‘nggi tajribalar jamlangan.

Ushbu to‘plamni yaratish ustida 100ga yaqin olimlar va ilmiy xodimlar ish olib borishgan bo‘lib, ularning bilimlari ilg‘or xorijiy tajriba uyg‘unligida aks etgan. Bank qoshida tashkil etilgan bu guruhda katta tajriba va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar faoliyat yuritadi.

To‘plamdagi 40 kitobning har biri qishloq xo‘jaligining alohida bir jabhasiga atalgan bo‘lib, unda har bir yo‘nalishda zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullari va vositalari taqdim etilgan.

“AGROBANK” O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi rivojlanishida tizimli ravishda o‘zining salohiyatini namoyish etib kelmoqda. Mazkur to‘plam ham respublikadagi barcha dehqon-fermerlar uchun yo‘riqnoma hisoblanadi. Undan yirik fermerlardan tortib, oddiy tomorqa egalarigacha foydalanishi mumkin.

Kitoblarning elektron nusxasi bilan bankning www.Agrobank.uz sayti, tomorqa yer egalari uchun tashkil qilingan Agrozamin-O’zimizniki elektron platformasi va maxsus Telegram-bot orqali tanishish mumkin.

Agrobank matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top