20:00 / 29.04.2022
8316
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i endi Jizzax viloyatida!
Foto: ISHONCH do‘konlar tarmog‘i

Yurtimiz bo‘ylab o‘z faoliyatini tobora rivojlantirib borayotgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i navbatdagi 52-filialini Jizzax shahrida ochdi va ushbu filial Jizzax viloyati uchun ilk qadam hisoblanadi.

Kompaniyaning asosiy maqsadi aholining turmush tarzini yanada yaxshilashga, qulayliklar yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu kompaniya faoliyatida o‘z aksini topgan. Tadbir nihoyatda bayramona muhitda o‘tib, barcha kelganlarga a’lo kayfiyat va quvonch ulashildi.

Keng turdagi mahsulotlar taqdim etilgan ushbu do‘konda inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barchasini topishingiz mumkin. Maishiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, barcha turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, gilamlar, chinni va billur idishlar, sport anjomlari kabi 7000dan ortiq turdagi mahsulotlar taqdim etilgan bo‘lib, ushbu mahsulotlarni qulay shartlar asosida muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyati mavjud. Budjet tashkilotida faoliyat olib boruvchi xodimlar va nafaqadagi shaxslar faqatgina pasportning o‘zi bilan muddatli to‘lovga mahsulot xarid qilishlari mumkin.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tez orada Buxoro viloyatining Vobkent tumani, Navoiy viloyatining Uchquduq tumani hamda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanlarida yangi filiallarini ochishi kutilmoqda.

Kompaniyaning asosiy maqsadi nafaqat iste’molchilarni jalb qilish, balki shu bilan birga, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan. ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining Jizzax shahrida yangi filiali ochilishi natijasida 48ta yangi ish o‘rni yaratilib, jizzaxlik yoshlar ish bilan ta’minlandi. Kompaniyada ishlash istagida bo‘lganlar o‘z anketalarini Telegram orqali https://t.me/ishonchanketabot orqali to‘ldirib qoldirishlari va https://t.me/hrfmishonch Telegram kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

t.me/ishonchadmin 1

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida

Top