15:42 / 04.05.2022
10849

AQShdan Yevropaga neft eksporti hajmi oxirgi olti yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Yevroittifoq Rossiya nefti va gaziga qaramlikdan qutulishga urinmoqda va muqobil manbalarni izlamoqda.

Foto: AP

Aprel oyida AQShdan Yevropaga xom neft eksporti hajmi oxirgi olti yildagi maksimum ko‘rsatkichga yetdi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Agentlikning yozishicha, Yevropaga Texas va Luizianadagi yirik terminallardan qariyb 50 mln barrel neft jo‘natilgan. Bu Meksika ko‘rfazidan xorijga jo‘natilgan jami neftning deyarli yarmiga teng. 

Xalqaro energetika agentligi aprel oyida AQShda neft qazib olish hajmi oshishini taxmin qilgandi. 

Yevroittifoq Rossiya nefti va gaziga qaramlikdan qutulishga urinmoqda va muqobil manbalarni izlamoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketiga Rossiya nefti importiga embargo qo‘yish chorasi kiritilgan.

Top