Eng ko‘p moliyaviy zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar ma’lum bo‘ldi
Eng katta moliyaviy zarar bilan ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatida yana “O‘ztransgaz” birinchi bo‘ldi, kompaniya 2021 yilni 2,5 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. Ro‘yxatda “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol klublari hamda xorij kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilgan “Angren IES” va “Yangi Angren IES” ham bor.

Foto: O‘ztransgaz
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2117 tani tashkil etadi. Ulardan 347 tasi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.
Davlat ishtirokidagi eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar
2021 yilda 20 ta korxona umumiy hisobda 6 trln so‘m zarar ko‘rgan. Ulardan eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 tasi quyidagilar:
- “O‘ztransgaz” AJ — 2,5 trln so‘m;
- “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ — 2,1 trln so‘m;
- “Toshissiqsuvquvvati” DUK — 534,3 mlrd so‘m;
- “Yangi Angren IES” AJ — 304 mlrd so‘m;
- “Toshshahartransxizmat” AJ — 127,6 mlrd so‘m;
- “Angren IES” AJ — 87,6 mlrd so‘m;
- “Angren issiqlik energiyasi korxonasi” DUK — 68,3 mlrd so‘m;
- “Toshkent issiqlik markazi” DUK — 53,6 mlrd so‘m;
- “O‘zavtotrans servis” MChJ — 51,5 mlrd so‘m;
- “FK Bunyodkor” MChJ — 37 mlrd so‘m.
Iqtisodchi Otabek Bakirov eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar o‘nligida Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari ham borligiga e’tibor qaratib, ular “Central Asia Energy” MChJga ishonchli boshqaruvga berilganini eslatdi. Bu kompaniyaga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan “Gornie raboti” egalik qiladi.
Davlat ishtirokidagi eng ko‘p daromad ko‘rgan korxonalar
O‘tgan yili 20 ta eng ko‘p daromad ko‘rgan korxonalarning umumiy foydasi 23,7 trln so‘mni tashkil etgan. Ulardan eng yuqori daromadli 10 tasi quyidagilar:
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK — 10,6 trln so‘m;
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 5,3 trln so‘m;
- “O‘zbekneftgaz” AJ — 3,3 trln so‘m;
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 1,4 trln so‘m;
- “Navoiyazot” AJ — 779,8 mlrd so‘m;
- “O‘zbektelekom” AJ – 473, 9 mlrd so‘m;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” – 400,3 mlrd so‘m;
- “Farg‘onaazot” AJ — 348,8 mlrd so‘m;
- “Agroklaster” MJCh – 194,8 mlrd so‘m;
- “Tovar-xomashyo birjasi” AJ 140,1 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

20:13 / 08.04.2025
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi

21:36 / 01.04.2025
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

13:44 / 30.03.2025