16:07 / 07.05.2022
4507
Makron rasman Fransiya prezidenti lavozimiga kirishdi 

Prezident saylovida Emmanuel Makronga saylovchilarning 58,55 foizi ovoz bergan. 

Foto: AFP

Parijdagi Yelisey saroyida Fransiya prezidentligiga ikkinchi muddatga saylangan Emmanuel Makronning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Makron rasman besh yil muddat prezidentlikka kirishdi. Marosim vaqtida mamlakat konstitutsion kengashi raisi Loran Fabius yana bir bor prezident saylovi natijalarini e’lon qildi.

France 24 jurnalistlarining fikricha, ikkinchi marta prezidentlikka saylangan Makron qator muammolarga duch keladi. U mamlakatdagi inflatsiya muammosini hal qilishi lozim. Shuningdek, pensiya islohoti masalasini bartaraf qilishi kerak. 

25 aprel kuni Fransiya prezidenti saylovi ikkinchi bosqichi natijalari ma’lum bo‘ldi. Makronga saylovchilarning 58,55 foizi ovoz bergan. 

Mavzuga oid
Top