19:54 / 09.05.2022
4968
Filippin prezidentligiga saylovda sobiq diktator Markosning o‘g‘li yetakchilik qilmoqda

Vitse-prezident saylovida esa amaldagi prezident Rodrigo Dutertening qizi Sara Duterte-Karpio eng ko‘p ovoz to‘plagan.

Foto: Afp | Getty Images

Filippin prezidentligiga saylovda ovozlarning 53,5 foizi hisoblab chiqilgani natijalariga ko‘ra sobiq diktator Ferdinand Markosning o‘g‘li – kichik Ferdinand Markos yetakchilik qilmoqda.

Saylov komissiyasining ma’lumot berishicha, Markos 17,5 mln ovoz olgan. Uning asosiy raqobatchisi hisoblangan vitse-prezident Leni Robredo 8,3 mln, sobiq bokschi, senator Menni Pakyao 1,4 mln ovoz olgan.

Shu bilan birga, Filippinning amaldagi prezidenti Rodrigo Dutertening qizi, Davao shahri meri Sara Duterte-Karpio vitse-prezident saylovida 17,1 mln ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda 5,2 mln ovoz bilan Kiko Pangilian va 4,7 mln ovoz bilan Visente Sotto III bormoqda. 

9 may kuni Filippinda prezident, vitse-prezident, senatorlar, kongressmenlar va boshqa boshqaruv organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning 77 yoshli prezidenti Duterte konstitutsiya bo‘yicha qayta saylana olmaydi, u 30 iyun kuni lavozimini tark etadi. 

Mavzuga oid
Top