Rossiya Oliy sudi Boris Nadejdinning uchinchi da’vosini rad etdi
U prezidentlik saylovida nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagani bo‘yicha shikoyat bergan edi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Oliy sudi Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasi (MSK) qarori ustidan bergan shikoyatini qanoatlantirmadi.
Avvalroq, MSK uni Rossiyadagi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olishdan bosh tortgan va buni to‘plangan imzolarda nuqson borligi, ularning miqdori 5 foizdan oshib ketgani bilan izohlagan edi. Shundan so‘ng, Nadejdin bu qarorni haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga murojaat qildi.
Nadejdin haqiqiy emas deb topilgan imzolar soni MSK yakuniy bayonnomasi va tekshirish varaqlarida farq qilishini ta’kidladi.
«Bayonnomalar qayta hisoblab chiqilgach, 9102 ta shunday imzo borligi aniqlandi. Ammo yakuniy bayonnomada ularning soni 9209 ta edi. Biz nomuvofiqlikni tushuntirib bera olmaymiz, shu bois qaysi imzolar va qaysi asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilganini bir ma’noda ayta olmaymiz. Ishchi guruh va MSK da’volarini to‘liq baholab bo‘lmaydi», deb yozdi Boris Nadejdin ijtimoiy tarmoqda.
Nadejdinning o‘zi sud majlisida ishtirok etmadi.
Avvalroq, 15 fevral kuni Oliy sud Nadejdinning ikkita da’vosini ko‘rib chiqishdan bosh tortgan edi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025