15:30 / 27.05.2022
3621

MacCoffee brendi “2021 yilda O‘zbekistonda ENG OMMABOP 3 tasi 1 da qahvasi” deb e’lon qilindi

O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “IV Makon Marketing Forum 2022”xalqaro marketing biznes forumi doirasida “Yil brendi - 2021” V-mukofoti MacCoffee brendiga “2021 yilda O‘zbekistonda ENG OMMABOP 3 tasi 1 da qahvasi” sifatida topshirildi.

Foto: MacCoffee

21 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “Makon Marketing Forum 2022” xalqaro marketing biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Italiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan taniqli ekspertlar ishtirok etishdi.

Marketing va PR mutaxassislari uchun nufuzli ushbu forumda 25ta yo‘nalishda g‘oliblar aniqlandi. MacCoffee brendi “2021 yilda O‘zbekistonda ENG OMMABOP 3 tasi 1 da qahvasi” deb topildi.

Mijozlar ko‘nglidan joy olgan MacCoffee brendi Singapurdagi Food Empire Holdings Ltd kompaniyasining yetakchi brendi hisoblanadi. 2003 yildan buyon o‘zbekistonlik iste’molchilar tomonidan sevib ichiladigan MacCoffee qahva shinavandalari orasida o‘z o‘rniga ega.

MacCoffee o‘z ustida muntazam ishlashga va mijozlar xohishlaridan kelib chiqib yangidan yangi yuqori sifatli mahsulotlar taqdim etadi. Shuningdek, brend tomonidan iste’molchilar o‘rtasida qiziqarli o‘yinlar va tadbirlar ham tashkil etiladi. MacCoffee o‘z muxlislariga ishonch va tanlov uchun minnatdorchilik bildiradi.

Foto: MacCoffee

Halol sertifikatiga ega MacCoffee qahvasevarlar uchun beqiyos mehrni taqdim etadi. Biz bilan yillar davomida tetik yashang!

Telegram: https://t.me/MaccoffeeUzb

Instagram: https://instagram.com/maccoffee3in1.uz?igshid=YmMyMTA2M2Y=

MacCoffee kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori: MILLENIUM DISTRIBUTION. Veb-sahifa: www.millenium.uz

 

Reklama huquqi asosida

Top