Bayram arafasida Tashkent City'da MacCoffee Sizga xush kayfiyat ulashadi: go‘zal manzarali fotohududlar, 360° burchak ostida kameraga suratga olish imkoniyati, animatorlar chiqishi, tanlovlar, sovrinli o‘yinlar. Shuningdek, nafis quyuq ko‘pikli va haqiqiy qora shokoladli betakror MacCoffee Cappuccino Di Torino ta’midan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Quyidagi oddiygina shartlarni bajarib, brend termokrujkalar, termos va MacCoffee Cappuccino Di Torino qahvasining kattagina zaxirasi singari noyob sovrinlar qo‘yiladigan har kungi o‘yin ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin:
- MacCoffee yoki MacCoffee Cappuccino Di Torino aydentikasi bilan surat olish.
- @maccoffee3in1.uz akkauntini belgilagan holda Instagram'dagi storisda joylashtirish.

Yoqimli bonus sifatida esa MacCoffee Sizni bir finjon mazali MacCoffee Cappuccino Di Torino bilan mehmon qiladi.
MacCoffee'ning tematik zonalarida har kim o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulotni topa oladi. Bayram hududida bolalarning vaqtini chog‘ qiluvchi, tanlov va tomoshalar o‘tkazuvchi zamonaviy boshlovchilarni uchratishingiz mumkin. Ularning do‘stlari bo‘lgan animatorlar ham chetda tomosha qilib turishmaydi va barcha mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashishadi.

Suratga olish ixlosmandlarini MacCoffee'ning Italiya kayfiyatidan ilhomlanib yaratilgan turli noyob fotozonalar befarq qoldirmasligi aniq. Maxsus bayramona ekranda esa Siz o‘zingiz joylashtirgan










