09:08 / 29.05.2022
16059

Qoraqalpog‘istonda Lacetti Labo’ni ag‘darib yubordi

Lacetti haydovchisi mast holatda bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti qarama-qarshi tomondan kelayotgan Labo bilan to‘qnashdi.

YHXX xabarida ma’lum qilinishicha, 2022 yil 27 may kuni soat 16:20 larda Ellikqal’a tumani, Qilchinoq OFY hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 615-kilometrida 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan holda, Lacetti avtomobilini mast holda boshqarib, qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib ketgan.

Oqibatda ro‘parasidan, o‘z yo‘lida kelayotgan haydovchi J.I. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Zarb oqibatida Labo ag‘darilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi M.N. mast holda avtomobil boshqarganligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top