Jamiyat | 17:00 / 07.06.2022
10576
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zagrolizing - O‘zbekiston lizing bozori yetakchisi xalqaro moliya bozoriga kirib bormoqda

Foto: O‘zagrolizing

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining 2019-2021 yillardagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati dunyoning yetakchi auditorlik tashkilotlaridan biri - “Grant Thornton” tomonidan o‘rganib chiqilib, ijobiy auditorlik xulosasi berildi.

Ushbu muvaffaqiyat, tashkilotga xalqaro kredit reytinglaridan joy olish, xalqaro moliya bozorida yevrobondlar joylashtirish va eng asosiysi to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari, uzoq muddatli va past foizli kredit mablag‘larini jalb qilish hisobiga lizing xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va respublika qishloq xo‘jaligi korxonalari texnika parkini modernizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni keskin jadallashtirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda tashkilot 60 ga yaqin turdagi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini qulay shartlarda lizing asosida yetkazib bermoqda, natijada 2021 yilda texnika yetkazib berish bo‘yicha o‘sish sur’ati oldingi yilga nisbatan 120 foizni tashkil etdi.

Rasmiy sayt

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid