07:39 / 18.06.2022
21233

O‘zbekiston qahramoni Quvondiq Sanoqulov Navoiy davlat konchilik instituti rektori lavozimidan ozod etildi

Hukumat qarori bilan Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Quvondiq Sanoqulov / Foto: olympic.uz

“Nigoh” telegram kanali xabariga ko‘ra, Baxtiyor Mardonov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va Quvondiq Sanoqulov Navoiy davlat konchilik instituti rektori lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Mardonov / Foto: Nigoh

Mazkur universitet prezidentning 2022 yil 31 martdagi qarori bilan tashkil etilgan. Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Universitet huzurida quyidagilar tashkil etilgan: Nukus konchilik instituti; “Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki; 2022/2023 o‘quv yilida: Karmana politexnika texnikumi; G‘ozg‘on politexnika texnikumi.

Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konchilik, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, elektrotexnika, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qahramoni Quvondiq Sanoqulov «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori hisoblanadi. U 2014 yilning aprel oyidan o‘rindoshlik asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektori sifatida ishlab kelgan.

Mavzuga oid
Top