Navoiy şahrida quriliş faoliyati bilan şuğullanuvçi “Bright Industry Buldings The Future” MÇJ Mehroj Rahmatov jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2024 yil 19 dekbardagi ajrimi bilan qamoqqa olindi. U 18 dekabr kuni protsessual tartibda uşlangan.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga köra, Mehroj Rahmatov 2017 yil 18 noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan “Bright Industry Buldings The Future” MÇJga rahbarlik qilib kelgan. U Navoiy şahrida qurilayotgan 153 ta xonadon va 14 ta savdo dökonidan iborat turar joy binosini 425 kişiga sotgan. Ya’ni mijozlardan 258 nafari ortiqça ekanini va ularga xonadon hamda savdo dökonlari yetmasligini bilgan holda uşbu fuqarolarga soxta şartnoma hamda qabul qilgan tölovlari böyiça kvitansiyalar töldirib bergan. Bu orqali esa ularning juda köp miqdordagi pul mablağlarini qölga kiritgan.

Tergov hujjatida Mehroj Rahmatov tölovlari jamiyatning hisobraqamiga kirim qilingani haqida soxta kvitansiyalar rasmiylaştirib berişi orqali 133 nafar fuqaroning jami 37 mlrd 842 mln söm pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani keltirilgan. Mehroj Rahmatovning himoyaçisi esa yetkazilgan zararning 18 mlrd söm qismi qoplanganini, qolgan zararlar böyiça jabrlanuvçilarga xonadonlar berilganini, şuningdek, Rahmatovning barça mol-mulklariga taqiq qöyilganini bildirib, unga qamoq bilan boğliq bölmagan ehtiyot çorasi qöllaşni söragan.

Mehroj Rahmatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga tegişli bölgan 12 ta köçmas mulk, jumladan, bolalar boğçasi, beton işlab çiqariş zavodi, issiqxona, baliqxona binolari, şuningdek, 8 ta transport vositasi xatlangan.

Oldinroq jabrlanuvçilar murojaatiga asosan uşbu holat böyiça suriştiruv qilgan jurnalistni viloyat prokurori xonasiga çaqirib, lavhasini efirga bermaslikni söragani xabar qilingandi. Muxbir buni rad qilgaç, viloyat prokurori lavha efirga uzatilsa tergov harakatlariga xalaqit berib qöyişi mumkinligi bildirilgan holda “Sevimli” telekanali rahbariyatiga xat kiritgandi.

Mehroj Rahmatov Merey Omonboyeva işi