Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi
Marhumlarning yaqinlari haydovchi mast holatda bo‘lganini hamda aholi yashash punktida mashinani katta tezlikda boshqarganini aytmoqda. Haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Navoiyda insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YTHda halok bo‘lgan er-xotinning yaqinlari Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ularga ko‘ra, holat Qiziltepa tumanining O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi hududida sodir bo‘lgan. S. ismli haydovchi mahallaning Yangilanish ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yo‘lda Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, 1971 yilda tug‘ilgan N.Ya. hamda uning 1976 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.U.ni urib ketgan.
YTH oqibatida er-xotin og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ularning 3 farzandi bo‘lgan.
Marhumlarning yaqinlari holat yuzasidan tegishli organlarning harakati sust bo‘layotganligidan norozi.
“Haydovchi mast holatda bo‘lgan. Qolaversa, mashinani katta tezlikda boshqargan. Shuningdek, holat sodir bo‘lganida birinchi yordam ko‘rsatmagan.
YTH sodir bo‘lganiga 3 kun bo‘ldi. Biroq hozircha hech qaysi organ xodimi marhumlarning oilasidan xabar olib, farzandlariga ko‘rilayotgan ish yuzasidan tushuntirish bermadi. Nima bo‘layotganidan xabarimiz yo‘q. Balki tergov harakatlari olib borilayotgandir. To‘g‘risi, ish “yopdi-yopdi” qilib yuborilishidan xavotirdamiz”, deydi marhumlarning Kun.uz jurnalisti bilan gaplashgan yaqini.
IIV YHXX matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, YTH 2025 yil 1 yanvar kuni soat 19:45 larda Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi D-193 avtomobil yo‘lining 2-3-kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan S.T. Nexia mashinasini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar N.Ya. va N.U. ni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiyda tadbirga ketayotgan bog‘cha mudiralari YTHga uchrab, bir kishi halok bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Jahon | 19:13
-
1 apreldan tabiiy gazning bazaviy me’yori 100 kub metrga tushiriladi
O‘zbekiston | 19:11
-
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:54
-
Neuralink ko‘zi ojiz insonga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga yordam beruvchi chipini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 18:47
Mavzuga oid

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

23:35 / 23.03.2025
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

10:45 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda

15:33 / 21.03.2025