Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sherikligini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi
Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarboyjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.


Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi. Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi shular jumlasidan.



Ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026