22:24 / 22.06.2022
15981

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari hibsga olindi 

U bilan birga Olmaota oblasti bo‘yicha «Nur Joli» chegara nazorati bo‘limi sobiq boshlig‘i mayor N. Arisboyev va «boshqa shaxslar» ham hibsga olingan.

Foto: liter.kz

Qozog‘istonda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari, chegara xizmati direktori Darxon Dilmonov hibsga olindi. Bu haqda «Sputnik Qozog‘iston» xabar berdi.

Qayd etilishicha, u bilan birga Olmaota oblasti bo‘yicha «Nur Joli» chegara nazorati bo‘limi sobiq boshlig‘i mayor N. Arisboyev va «boshqa shaxslar» ham hibsga olingan.

Ular Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi postlarda mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda.

Yanvar oyida Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq boshlig‘i Karim Masimov va uning uch nafar o‘rinbosari hibsga olingandi.

Mavzuga oid
Top