10:18 / 24.06.2022
9959

Qarshilik fermerlar viloyatda birinchi bo‘lib don topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani bajarishdi

Respublikada birinchilardan, viloyatda esa birinchi bo‘lib Qarshi tumani g‘allakorlari don topshirish shartnomaviy rejasini bajarishdi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi

Tumanda ushbu yil hosili uchun 670 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 14 000 gektar yer maydoniga g‘alla ekilib, parvarish qilindi.

G‘alla o‘rimi pallasida tumanda mavjud ikkita g‘allachilik klasterlari o‘rtasida fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don hosili yetishtirilib, o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Hududga jami 51 dona kombaynlar biriktirilib, 23 ta otryadlar tashkil qilindi.

23 iyun holatiga ko‘ra, 33 682 tonna davlatga don sotish rejasi bo‘lgan tuman bobodehqonlari rejani 100 foizga bajarib, 33 685 tonnalik ulkan ulkan xirmonni yaratishdi.

Ayniqsa, Beshkent hududidan "Mo‘minov Iskandar Azimovich", Yangibog‘ hududidan "Normo‘min bobo", Charog‘il hududidan "Ochiloy Zohirova", Cho‘liota hududidan "Niyozov Dovurbek" fermer xo‘jaliklari yuqori hosildorlikka erishib, don topshirish shartnomaviy rejasini 150-200 foizga bajardilar.

Ma’lumot o‘rnida, hali tumanda 1 000 gektardan oshiqroq g‘alla maydoniga o‘roq tushmagan. Bu maydonlardan kelgusida 4000 tonnadan ortiq don qabul qilinishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati Ⓣ

Top