Prezident raisligida ötkazilayotgan yiğilişda qayd etilişiça, ötgan yili ğalla hosili ilk bor 8 mln tonnaga yetgan.

Yiğilişda fermerlar manfaatdorligini yanada oşiriş uçun bu yil ğallaçilikda ham yangiliklar qilinişi ta’kidlandi.

Joriy yilda paxtadagi kabi ğallada ham imtiyozli kreditni töğridan-töğri fermerga beriş tizimi joriy qilinadi. Davlat resursi uçun xarid qilingan buğdoyni daladan taşib keliş va saqlaş xarajati 2024 yilda ham töliq budjetdan qoplanadi.

Şuningdek, prezident yana 70 ta tumanda mineral öğit saqlaş omborlarini taşkil qiliş böyiça topşiriq berdi.

Omborlardagi öğitlar qoldiğini kunlik monitoring qilib, yetişmagan qismini zudlik bilan yetkaziş muhimligi qayd etildi.

Buning uçun fevral-aprel oylarida birjaga çiqadigan mineral öğit kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oşirişga körsatma berildi.