Davlat aktivlarini boşqariş agentligi don korxonalarining xususiylaştirilişi borasida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Törtköldonmahsuloti” MÇJning “Beruniydon” filiali eng yaxşi tijorat taklifini taqdim etgan “Building House One” MÇJga 2,2 mlrd sömga sotilgan. Şuningdek, obekt kamida beş yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qoliş va mavjud don saqlaş siğimlarini kamaytirmaslik hamda qonunçilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uçun saqlanadigan don hajmlarini şartnomalar asosida haq tölaş evaziga saqlab beriş şarti bilan xususiylaştirilgan.

Oçiq ma’lumotlarga köra, “Building House One” 2022 yilda taşkil etilgan bölib, turar joy binolarini quriş bilan şuğullanadi. Ustav fondi – 4 mlrd söm. Ta’sisçisi – “Şobboz Toş” MÇJ.

Davaktiv xabariga köra, yana 16 ta don korxonalaridagi davlat uluşi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari böyiça savdoda qatnaşiş uçun takliflar kelib tuşmagani sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga çiqarilgan.

11 ta don sanoati korxonasi, şuningdek, 5 ta filialning mulkiy majmualaridagi davlat uluşlari takroriy savdosi uçun talabgorlardan hujjatlar 16 may, Toşkent vaqti bilan soat 18:00 gaça qabul qilinişi söralmoqda.

Öz navbatida, don korxonalaridagi davlat uluşi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari böyiça narx takliflarini körib çiqişda, Xususiylaştiriş davlat komissiyasi tomonidan möljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholaş qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytiriş mexanizmi joriy etilgan.

Don sanoati korxonalarining xususiylaştirilişi

Spot naşri oxirgi bir yil içida don sanoati korxonalarining xususiylaştiriş tendensiyasini eslatdi.

2023 yil dekabr oyida törtta korxonaning davlat uluşi 21,3 million dollarga xususiylaştirildi: “Buxorodonmahsulotlari” MÇJning 51,84 foiz uluşi, “Ğalla-Alteg” MÇJning 51 foizi, “Xovos don mahsulotlari”ning 94,2 foizi va “Dunyo M” MÇJning 51,8 foiz uluşi xususiylaştirilgan.

Fevral oyida Davaktiv 10 milliard sömlik mulk majmuasi va 14 milliard sömlik bir don xöjaligi korxonasini xususiylaştirdi. Mart oyida “Alpomiş un tegirmon” korxonasi 40 milliard sömga sotilgan bölsa, aprel oyida “Yakkatut” klasteri “Qoraköldonmahsulotlari”ni 26 milliard sömga sotib oldi.