Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning bir necha yuz milliard dollarlik aktivlarini muzlatdi
Ma’lum qilinishicha, Rossiya aktivlarini qidirib topish bo‘yicha xalqaro guruh yuzlab milliard dollarlik aktivlarni muzlatish borasidagi ishini davom ettirmoqda.
Foto: Reuters
O‘tgan 100 kun ichida AQSh Rossiyaning 330 milliard dollarlik aktivlarini muzlatdi yoki blokladi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sanksiyalarga tushgan rossiyaliklarning 30 milliard dollardan ortiq miqdordagi aktivlari muzlatilgan yoki bloklangan. Shuningdek, Rossiya markaziy bankining 300 milliard dollarga yaqin aktivlari bloklangan.
Rossiya aktivlarini qidirib topish bo‘yicha xalqaro guruh yuzlab milliard dollarlik aktivlarni muzlatish borasidagi ishini hali yakunlagani yo‘q, deyiladi vazirlik xabarida.
«Rossiya elitasi, ishonchli shaxslari va oligarxlari» (REPO) deb nomlanuvchi ishchi guruhga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va Yevrokomissiya vakillari kiradi.
Mavzuga oid
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
21:40 / 23.02.2026
Epshteyn o‘z arxivlarini oltita maxfiy omborda yashirgan – OAV
18:52 / 23.02.2026
Trampning ikki ehtimoliy vorisi aytildi
18:35 / 23.02.2026