19:18 / 29.06.2022
7237
Zelenskiyning maslahatchisi Ukrainani tiklashga 1 trln dollar talab qilinishini aytdi 

Ta’kidlanishicha, urush tufayli Ukrainaga yetkazilgan bevosita zarar 650 mlrd dollarni tashkil etadi. 

Foto: AP

Volodimir Zelenskiyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleg Ustenkoning baholashicha, Ukraina infratuzilmasi va iqtisodiyotini tiklash uchun 1 trln dollarga yaqin mablag‘ talab qilinadi.

«Urush tufayli Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zarar 650 mlrd dollarni tashkil etadi va bunga bilvosita zarar ham qo‘shilsa, bu raqam 1 trln dollargacha yetadi. Bizga shuncha miqdordagi mablag‘ kerak»,— dedi Ustenko.

Uning qayd etishicha, bu Ukrainaning besh yillik YaIMga teng.

May oyi boshlarida Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun 600 mlrd dollar kerak bo‘lishini aytgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top