Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Yangi O‘zbekiston bog‘idagi yoshlar bayramiga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari bog‘da “Besh tashabbus” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan pavilonlar faoliyati bilan tanishdi, yoshlar bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida prezident “Zakovat” pavilonida ham bo‘lib, ko‘rsatuv boshlovchisi Abdurasul Abdullayev, klub bilimdonlari, mahallalar o‘rtasidagi intellektual turnir g‘olibi bo‘lgan Samarqand viloyati Payariq tumani Sorisuv mahallasi jamoasi, shuningdek jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tgan turnirning chempion jamoasi – “Energy” a’zolari bilan uchrashdi.















Shavkat Mirziyoyev ayni paytda bayram tadbirida nutq so‘zlamoqda.

Mavzuga oid
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
21:21 / 18.12.2025
Intellektual olimpiada o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:20 / 01.11.2025