19:51 / 01.07.2022
8156
Yevrokomissiya Ukrainani korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi

Fon der Lyayyen maxsus antikorrupsiya prokuraturasi va milliy antikorrupsiya byurosiga "imkon boricha tezroq" rahbarlar tayinlashga chaqirdi.

Foto: Reuters

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Ukraina hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi.

Rasmiy Kiyev olib borilgan islohotlar natijasida "ajoyib antikorrupsion mexanizm" va tegishli institutlar yaratdi, ammo endi bu institutlarga "ish olib borishi uchun imkoniyatlar va mas’ul lavozimlarda ishlaydigan to‘g‘ri odamlar" zarur, dedi Yevrokomissiya raisi.

Fon der Lyayyen maxsus antikorrupsiya prokuraturasi va milliy antikorrupsiya byurosiga "imkon boricha tezroq" rahbarlar tayinlashga chaqirdi.

Bundan tashqari, u sudyalarni tayinlash protsedurasini qonun bilan belgilab qo‘yish kerakligini ta’kidladi.

Fon der Lyayyenning ta’kidlashicha, Ukrainada qabul qilingan oligarxlar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qonunni yuridik jihatdan tatbiq qilish kerak. U shuningdek, Kiyevni Yevroittifoq talablariga mos keladigan OAV to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga chaqirdi.

Top