22:40 / 03.07.2022
21377

Muftiy Ka’batulloh oldida qoraqalpoq eliga tinchlik tilab duo qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Makkada muqaddas Ka’bai muazzama oldida turib diyorimizda, xususan, Qoraqalpog‘istonda tinchlik bo‘lishini tilab duo qildi. Bu haqdagi video tashkilot Telegram-kanalida e’lon qilindi.

«Yurtimizdan 12 ming nafar hojilar ziyoratga keldilar. Bu ziyoratlar, qilinajak duolar yurtimizga fayz olib keladi. Qoraqalpog‘istonda bo‘layotgan voqealar bizni xavotirga soldi, befarq bo‘lolmadik. Chunki biz bir elmiz, oramizni ayirishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Bugun Ka’ba oldida shu yurt, shu xalq uchun duo qilgani keldik. Keling, azizlar, yurtimiz haqqiga duo qilaylik. Ka’ba oldida qilingan duo ijobatdir», degan muftiy hazrat.

Mavzu
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar
1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston markazi Nukus shahrida tartibsizliklar kuzatildi. Milliy gvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarda 200 dan ortiq kishi yaralangan, 18 kishi halok bo‘lgan.
Barchasi
Top