09:00 / 05.07.2022
27221
O‘zbekistonda yangilik – issiqlik nasosi, yoki uyni gaz va qozonsiz qanday isitish mumkin?
Foto: Viessmann

Gaz narxining oshishi haqidagi yangiliklar ko‘pchilik iste’molchilarni o‘ylantirib qo‘ymoqda – gazsiz va kamroq moliyaviy xarajat qilib, uyni issiqlik bilan ta’minlash mumkinmi? Tabiiy resurslar yildan yilga qimmatlashmoqda, binolarni isitishning tejamkorroq va innovatsion usullariga o‘tish vaqti keldi. Issiqlik nasosi nima, u qanday ishlaydi va an’anaviy isitish qozonlaridan afzalligi nimada – quyida tanishamiz.

Issiqlik nasosi nima?

Issiqlik nasosi – atrof-muhit (tuproq, suv yoki havo)dan tarqoq issiqlikni ajratib olib, uni uyingizdagi isitish konturi (issiq pol)ga o‘tkazuvchi qurilma. Boshqacha aytganda, konditsioner yoki sovitkich faoliyatiga o‘xshaydi, faqat teskari yo‘nalishda ishlaydi. Mutlaq qiymat bo‘yicha iste’mol qilinayotgan issiqlik quvvatiga berilayotgan quvvatning nisbati quvvat koeffitsiyenti deb ataladi. Issiqlik nasosi elektr tokida ishlaydi, lekin u freon xususiyatlari: yuqori issiqlik sig‘imi hamda issiqlikni tezda yutish va berish qobiliyatini hisobga olgan holda ishlangan.

Bir kVt elektr energiyasi, issiqlik nasosi va tashqi havo haroratidan kelib chiqib, o‘rtacha 4 kVt issiqlik beradi. Qiyoslash uchun – elektr isitish qozoni 1 kVt elektr energiya sarfida bor-yo‘g‘i 1 kVt issiqlik beradi, demak, issiqlik nasosida siz bir xil issiqlik miqdori uchun 4 baravar kam pul to‘laysiz!

Montajda devorga (yoki uning yoniga) gazli isitish qozoni o‘rniga issiqlik nasosining ixchamroq ichki blokini o‘rnatish va xuddi o‘sha isitish tarmog‘iga ulash kerak bo‘ladi. Uyning tashqarisida, uning yonida yoki devorga tashqi blok o‘rnatiladi. Issiqlik nasosi suvni 65 darajagacha isitadi, bu kondensatsiyaviy qozon ishchi harorati (57 Sdan past)dan ancha yuqori bo‘lib, radiatorli isitish uchun yetarli, suvda isitiladigan pollarni (T1/T2=40/30Sdaraja) ortiqchasi bilan ta’minlaydi. Qolaversa, issiqlik nasosi avtomatikasi yordamida radiatorlar va isitish pollarining isitish konturlarini boshqarish mumkin. Bir nechta radiatorni zamonaviy panelli fankoyllar bilan almashtirish mumkin – bu orqali xonaning kerakli hududini sozlamali isitish imkoniyatini qo‘lga kiritibgina qolmay, yoz issig‘ida salqinlik va qulaylikka ham ega bo‘lasiz. Bunda split-tizimlar kerak bo‘lmaydi. Qulaylik va yoqimli mikroiqlim yil davomida nazorat ostida bo‘ladi.

Keyingi yillarda issiqlik nasoslari G‘arbda juda ommalashmoqda va bizning bozorimizda ham faol ishlatish uchun barcha afzalliklarga ega. Sababi nimada?

Issiqlik nasoslarining afzalliklari:

  • Issiqlik nasosining birinchi va eng asosiy afzalligi – uning funksionalligi. Bunday agregatni o‘rnatish orqali, siz isitish va issiq suvgagina emas, balki yoz jaziramasida toza havo va ko‘ngildagidek salqinlikka ham ega bo‘lasiz. 

  • Issiqlik nasosi elektr tokida ishlaydi, ammo shunday quvvatdagi elektr isitish qozoniga qaraganda 3-4,5 barobar kam energiya iste’mol qiladi. Natijada elektr energiyasi iste’moli juda tejamkor va manfaatli bo‘ladi. Masalan, 101.A06 A7/W35 modeli, 4,55 ga teng yuqori quvvat koeffitsiyenti tufayli, 1,25 kVt elektr energiyasini iste’mol qilib, 5,92 kVt issiqlik quvvatini ajratib beradi.
  • Issiqlik nasosini o‘rnatishni davlat organlari bilash kelishish shart emas.
  • Agregatning yuqori xavfsizlik darajasi – u portlamaydi yoki yonib ketmaydi.
  • Issiqlik nasosi tashqi muhitga hech qanday zararli tashlamalar chiqarmaydi.
  • Issiqlik nasosi ishlash parametrlarini masofadan – ilova yordamida boshqarish mumkin. 

Issiqlik nasosini xarid qilishga ariza qoldiring va jihoz komplektini sotib olishga 20 foizlik chegirmaga ega bo‘ling, taklif iyul oxirigacha amal qiladi! 

Qayerda xarid qilish mumkin?

Viessmann kompaniyasi – issiqlik jihozlari ishlab chiqarish va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha jahon yetakchisi. 2004 yildan O‘zbekistonda rasmiy vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda, u yerda sertifikatga ega mutaxassislar ishlaydilar. Viessmann muhandislari zamonaviy isitish qozoni yoki issiqlik nasosini tanlash bo‘yicha to‘liq konsultatsiya beradilar, jihozni montaj qilish, ishga tushirish va undan foydalanishning to‘liq siklida ko‘mak beradilar. Uyingizda issiqlik va qulaylik – Viessmann mutaxassislarining bosh maqsadlaridir.

Issiqlik nasosini ishlatish bo‘yicha savollar tug‘ildimi? Konsultatsiyalar uchun telefon: +998 97 733 11 55, +998 97 719 95 97

Telegram orqali konsultatsiya olish uchun t.me/NigmonKabulov’ga yozing.

 Veb-sahifa: www.viessmann.uz

Viessmann kompaniyasining Matbuot xizmati Ⓣ 

Mavzuga oid
Top