Bilasizmi, bu yil davlat dasturlariga köra, aholining uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida yangi uy-joylar quriş hajmi yiliga 90 minggaça oşiriş nazarda tutilgan.
Bu yilgi qahraton qiş va -30 darajadagi anomal sovuq şaroitida köpçilik uy egalari hattoki yangi qurilgan uylarda gaz bosimi va elektr tarmoqlar quvvatlari vaqtinça past bölgani sababli ança qiyin ahvolga tuşib qolişdi.
Hattoki isitiş qozonlari örnatilgan uylarda ham ahvol deyarli turliça böldi. Köpçilikning bu masalaga e’tiborsizligi ham sovuqda qolib ketişiga sabab böldi.

Afsuski, bunday kutilmagan vaziyatda “yevroremont”, sifatli yumşoq mebellar, qimmatbaho qandillar, noyob dizayn işlovlari ham közga körinmaydi hatto.
Esingizdami, eskilar “Uy tanlama, qöşni tanla” deyişardi. Bugunga kelib uylarini sovuq urgan mijozlar “közi oçilib”, kayfiyatlari va talablari ham ançagina özgargan. Şuning uçun ham bu gapning boşqaça talqini dolzarb bölib qoldi, ya’ni “Uy tanlama, işonçli isitiş tizimini tanla” deyişga majbur böldik.
Bugun yangi turar joyga ega bölayotgan va öz uyini issiqda saqlaş niyatida bölgan va mijozlar uçun isitiş qozonlari bozorida xilma-xil takliflar mavjud va ular bir biridan narxi, sifati, işonçliligi, qulayligi, texnologiya darajasi va boşqa mezonlarga köra keskin farq qiladi.
Şuning uçun ham köp qavatli turar joy, va jozibasi oşib borayotgan kottejlarni barpo etayotgan quriliş kompaniyalari aynan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadigan zamon keldi.
Maqsad bir - mijozlar ehtiyojini töliq qondiriş va qurilayotgan inşootlarga isitiş qozonlarni tanlaşda adaşmaslik.
Bunga bir misol ham keltiriş örinli deb hisoblaymiz va “nemis sifati”ni özida aks etuvçi işonçli va sönggi ön yildan ortiq yuqori talabga ega bölgan Viessmann kompaniyasining Vitodens 050 va Vitodens 100-W isitiş qozonlariga e’tibor qaratişga majbur böldik.
Savol tuğilişi mumkin: şu kungaça uşbu qozonlarni xarid qilgan mijozlar nima afzalliklarga amin bölgan?





















