Qiş yaqinlaşyapti! Bu esa, taşqarida sovuq va namgarçilik hukmron bölsa-da, uy içida orombaxş qiş keçalaridagi lazzatli tungi uyqu va tongda issiqda, quvonçga töla bolalar kulgisi va keksalarning tabassumi bilan uyğoniş deganidir. Ammo buning uçun siz uyingizning qulayligi va isitilişi töğrisida qayğurgan bölişingiz lozim. Jahonning isitiş tizimlari işlab çiqariş böyiça yetakçisi – Viessmann zamonaviy nemis jihozlari hamda Özbekistondagi eng maşhur va talabgir isitiş qozonlarining modellari haqida hikoya qilişda davom etadi.

Viessmann kompaniyasi – bu işonçli va sifatli nemis jihozlari, isitiş qozonlarining uzoq muddat xizmat qilişi, şuningdek xonadagi issiqlikning qulay darajasini saqlab qolgan holda, gazning tejamkor sarfini ta’minlovçi innovatsion yeçimlar demakdir. Sizga gazli qozonlarning bugungi kunda maksimal qiziqişga ega, eng talabgir modellarini taqdim etamiz:  

Vitodens 111-W – boylersiz, katta hajmda issiq suv

 

Bu model katta miqdorda issiq suv zarur, lekin katta boyler örnatiş imkoni bölmaganda dolzarblik kasb etadi. Vitodens 111-W – bu osma gazli kondensatsion qozon bölib, bir vaqtda uçta nuqtaga – duş, qölyuvgiç va vannaga issiqlik va issiq suvni qulay qilib yuboriş uçun möljallangan. Oilaning barça a’zolari bir-birlariga xalaqit bermay, öz işlari bilan şuğullanişlari mumkin.

Hajmi 46 litrli töplovçi siğim va qöşimça oqar suvli issiqlik almaşgiç issiq suv uzatilişining uzluksiz bölişini ta’minlaydi – 140 litrli standart vanna atigi 8 daqiqada töladi!

Vitodens 111-W oddiy ikki konturli qozondan quyidagi afzalliklar bilan ajralib turadi:  

  • Oddiy ikki konturli qozon suvning past bosimda kelişida suv jilğasini sezmaydi va aralaştirgiçdan faqat sovuq suv çiqadi.  Vitodens 111-Wda minimal oqim böyiça çeklovlar yöq va sovuq suv bosimi qançalik past bölişiga qaramay, issiq suv yetkazib beradi.
  • Qozonning resirkulyatsiya çiziği aralaştirgiçga issiq suvni, sovuq suv oqizilişini kutib ötirmay, DARHOL uzatiş imkonini beradi.
  • Agar duş qabul qilayotganingizda elektr uzib qöyilsa, çömilişni oxiriga yetkazib oliş uçun töplovçi siğimda yetarli suv zaxirasi böladi.