20:03 / 05.07.2022
17971
To‘yida Putin bilan raqs tushgan Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri tahdidlar sababli mamlakatni tark etdi 

Karin Knaysl 2017–2019 yillarda Avstriya tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilda to‘yiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni taklif qilgan. Putin to‘yda u bilan raqs tushgan. 

Foto: Reuters

Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl uni o‘ldirishlari mumkinligi haqidagi tahdidlardan so‘ng o‘z yurtini tark etdi, deb xabar berdi Washington Post gazetasi.

«Knaysl Washington Post muxbiriga yo‘llagan xabarida intervyu bermasligi va «o‘ldirish bilan tahdid qilishgani» uchun Avstriyani tark etganini ma’lum qilgan», — deyiladi gazeta xabarida.

Knaysl 2017–2019 yillarda Avstriya tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilda Volfgang Maylinger bilan turmush qurgan va to‘yiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni taklif qilgan. Putin to‘yda bir soatga yaqin vaqt qatnashgan va kelin bilan raqs tushgan.

Knaysl 2021 yil iyunda «Rosneft» direktorlar kengashi tarkibiga kirgan. Ammo bir yilcha vaqtdan so‘ng kengashni tark etgan.

Top