Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ukraina taqdiri Donbassda hal bo‘ladi». Donetsk oblasti gubernatori aholini evakuatsiyaga chaqirdi
Ukrainaning Donetsk oblasti harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko jon saqlab qolish va shaharlarni bostirib kelayotgan rossiyalik harbiylardan yaxshiroq himoya qilishga yordam berish uchun hudud aholisini evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi.
Associated Press xabariga ko‘ra, u bu haqda 5 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi shtabi joylashgan Kramatorsk shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
«Butun mamlakat taqdiri Donetsk oblastida hal qilinadi. Odamlar kamroq bo‘lsa, biz bor e’tiborimizni dushmanga qaratishimiz va o‘zimizning asosiy vazifalarimizni bajarishimiz mumkin bo‘ladi», degan u.

Associated Press nashri yozishicha, gubernatorning aholiga chaqirig‘i urush boshidan buyon eng keng ko‘lamli evakuatsiyaga aylanishi mumkin, gap 350 ming kishini olib ketish haqida bormoqda. Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, odamlar o‘z ixtiyori bilan ketishni xohlashi va bu xavfsiz kechishi aniq emas.
- Iyul oyi boshida Rossiya Ukrainaning Luhansk oblastidagi so‘nggi yirik shahar Lisichanskni egalladi va shundan keyin amalda butun oblast rossiyaliklar nazoratiga o‘tdi. Endilikda Lisichanskdan g‘arbdagi front chizig‘i Luhansk va Donetsk oblastlari chegarasidan o‘tmoqda.
Mavzuga oid
20:57
Odessadagi port o‘qqa tutildi: savdo kemasi dengizchilari halok bo‘lgan
16:29
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026