20:09 / 07.07.2022
18678

AQShning Janubiy Dakota shtatida osmon yashil tusga kirdi 

Meteorolog Piter Rojyerning so‘zlariga ko‘ra, ba’zan bo‘ron vaqtida yoki undan oldin quyosh nuri atmosferada yoyilishi sababli osmon g‘ayrioddiy tusga kiradi.

Foto: Twitter / Brandon Houck

6 iyul kuni AQShning Janubiy Dakota shtatidagi Su-Fols shaharchasida noyob tabiat hodisasi yuz berdi. Shtatning ayrim joylarida soatiga 140 km tezlikda shamol esganidan so‘ng osmon yashil tusga kirdi.

Meteorolog Piter Rojyerning so‘zlariga ko‘ra, ba’zan bo‘ron vaqtida yoki undan oldin quyosh nuri atmosferada yoyilishi sababli osmon g‘ayrioddiy tusga kiradi. Buning sababi shundaki, bo‘ron vaqtida paydo bo‘lgan yirik suv tomchilari o‘zidan yashil va ko‘k ranglarni o‘tkazadi. Natijada, quyoshning sarg‘ish nurida tovlangan tomchilar yashil tusga kiradi.

Rojyerning aytishicha, yashil osmon kuchli do‘l yog‘ishidan darak berishi mumkin. Shu kuni qo‘shni Minnesota shtatidagi Leyk-Uilson shaharchasida kattaligi beysbol to‘pidek keladigan do‘l yog‘gani ma’lum qilindi. 

Top