20:20 / 09.07.2022
8413
Shols Germaniya energiya ta’minoti taqchilligiga tayyorlanayotganini aytdi 

Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vaziri Robert Habek Rossiyadan gaz yetkazilishi borasida "hamma narsa bo‘lishi mumkin"ligini aytdi.

Foto: AFP

Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, gap asosan gaz haqida bormoqda.  

Germaniya energiya ta’minotidagi ehtimoliy inqirozga tayyorlanmoqda. Bu haqda GFR kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.

"Biz taqchillikka tayyorlanishda yordam beradigan ko‘plab qarorlar qabul qildik", - dedi Shols.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi navbatda gaz ta’minotiga taalluqli.

"Biz o‘tkazuvchi quvurlar, suyultirilgan gaz terminallarini quryapmiz", - dedi kansler.  

Shu bilan birga, Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vaziri Robert Habek Rossiyadan gaz yetkazilishi borasida "hamma narsa bo‘lishi mumkin"ligini aytdi.

"Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ehtimol, gaz yanada ko‘proq kelishi mumkin. Balki butunlay kelmay qolishi mumkin. Rostini aytsam, yanada yomonrog‘iga tayyorlanishimiz kerak", - dedi Habek.

Top