Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml yaqin vaqt ichida Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi o‘tkazilishini ma’lum qildi
11 iyul kuni Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqotida Rossiya-Turkiya uchrashuvi arafasida tomonlarni qiziqtirgan qator masalalarni muhokama qildi.
Yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilindi.
Xabarda aytilishicha, 11 iyul kuni Putin va Erdo‘g‘an Rossiya-Turkiya uchrashuvi arafasida tomonlarni qiziqtirgan qator masalalarni muhokama qildi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, xususan, savdo hajmini oshirish va o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalardan foydalanish hamda Rossiya energiya resurslarining uzluksiz yetkazib berilishiga e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakat prezidentlari Ukraina bilan bog‘liq vaziyat va Suriya mavzusi bo‘yicha ham fikr almashdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026