Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka prezidenti «qo‘shni mamlakatda» ekani aytildi
Ma’lumot berilishicha, Gotabaya Rajapaksa Shri-Lankaga 13 iyul kuni qaytadi.
Foto: Twitter / NewsWireLK
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa orolni tark etgan va qo‘shni mamlakatda bo‘lib turibdi. Bu haqda Shri-Lanka parlamenti spikeri Maxinda Yape Abeivardena ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajapaksa Shri-Lankaga 13 iyul kuni qaytadi. Spiker prezidentning aynan qaysi mamlakatda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Kolomboda 9 iyul kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan bir guruh namoyishchilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Rajapaksa mamlakatni tark etgani xabar qilindi. Keyinroq u iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesingxe ham iste’foga chiqishini bildirdi.
Shri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalashtira olmayapti. Mamlakat tashqi qarzi 51 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
09:12 / 23.08.2025
Shri-Lanka sobiq prezidenti Londonga shaxsiy safari uchun hibsga olindi
08:03 / 30.07.2025
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin
12:06 / 29.07.2025