17:22 / 13.07.2022
9031

Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 450 mln dollarlik bitimlar imzolandi

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Buxoroda birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakat delegatsiyalariga O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov, Turkmaniston tomonidan vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Botir Atdayev rahbarlik qildi. 

Forum ishtirokchilari investitsiyaviy, sanoat va savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika sanoati kabi istiqbolli yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan chegaraoldi savdo zonalarini foydalanishga topshirish, savdo uylarini ochish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Forum davomida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari rahbarlari, viloyatlar va tegishli idoralar rahbarlari tomonidan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish salohiyati va istiqbollari, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish bo‘yicha aniq takliflar taqdim etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning “B2G” va “B2B” formatidagi uchrashuvlari hamda ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunida umumiy qiymati 451 million dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi.

Mavzuga oid
Top