21:51 / 13.07.2022
7750
Ukraina Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Avvalroq Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olganini ma’lum qilgandi.

Foto: RIA Novosti

Ukraina tashqi ishlar vazirligi o‘zini-o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani uchun KXDR bilan diplomatik munosabatlar uzilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olganini bildirgandi.

"Ukraina bunday nodo‘stona harakatga javoban Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar uzilganini ma’lum qiladi. Bu mamlakatga nisbatan xalqaro sanksiyalar joriy etilgani sababli KXDR bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar amalga oshirilmaydi", - deyiladi Ukraina tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Qayd etilishicha, Kiyev KXDRning qarorini qoralaydi hamda bu qaror "yuridik oqibatlarga ega emasligini va Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralarini o‘zgartirmasligini" ta’kidlaydi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top