20:32 / 18.07.2022
10296

“SMART HOME” afzalliklari - NRG Oybek misolida

“Inshoot” loyihasining navbatdagi soni Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan “NRG Oybek” turar joy majmuasiga bag‘ishlanadi. Video davomida mualliflar majmuaning arxitekturasi, landshafti hamda ta’mirlanmagan xonadonlari bilan tanishtirishadi. 

“NRG Oybek” turar joy majmuasi “Murad Buildings” va Qozog‘istonning “BI group” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan “NRG” qo‘shma kompaniyasi tomonidan qurilgan. Majmuaning nomi o‘zbek yozuvchisi Oybek nomiga nomlangan bo‘lib, uning umumiy maydoni 1.8 kvadratni tashkil etadi. 

Majmuaning kirish qismidan boshlaydigan bo‘lsak, majmuada qo‘riqlanadigan “yopiq hovli” konsepsiyasi joriy etilgan bo‘lib, u 9ta blok va 460 ta xonadondan iborat. 

Binoning fasadiga sun’iy toshdan foydalanilgan bo‘lib, milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unlashtirilgan. Majmua hududida yozgi va qishki bolalar maydonchasi, qulay o‘rindiq va dam olish hududlari joylashgan. Landshaft dizayniga ham alohida e’tibor qaratilib, yashil hudud va quruq fontan hududi yaratilgan. 

Binoning 1-qavatida yumshoq hudud, lift joylashgan bo‘lsa, uning devorlariga yozuvchining she’rlari tushirilgan. Shu bilan birga, majmuaning xonadonlari “Smart home” tizimida qurilgan bo‘lib, maxsus boshqaruv paneli va smartfonlar yordamida boshqariladi. Xonadon eshigini 4ta usul: barmoq izi, ID karta, raqamli parol hamda an’anaviy kalit yordamida ochish imkoni mavjud. 

Majmuaning pentxaus xonadoni bilan tanishadigan bo‘lsak, xonadon shifti 3 metrni tashkil etib, unda dahliz, oshxona, master yotoqxona, 2 ta bolalar xonasi va yuvinish xonalari joylashgan. Xonadon neoklassika uslubida loyihalashtirilgan bo‘lib, avtomatlashtirilgan yandeks stansiyasi tizimiga ega. 

Shuningdek, ko‘rsatuv davomida siz 72 kvadratli ta’mirlangan xonadon hamda 15-16 qavatda joylashgan ta’mirsiz xonadon bilan tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid
Top