Haydovchilik guvohnomasini masofadan almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda
O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishni to‘la masofaviy shaklga o‘tkazish va yangi guvohnomalarni pochta orqali yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov 20 iyul kuni parlamentdagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Muddatlari 2-3 marta cho‘zib berildi. Oxiriga kelganda navbatlar birdan ko‘payib ketyapti. Mart-aprel oylarida shunday holat bo‘lganida muddat cho‘ziladi deb e’lon qilganimizdan keyin ertasiga hamma ketib qoldi. DXMlarga haydovchilik guvohnomasini almashtirishni so‘rab kelganlar 10-15 barobarga kamayib ketdi.
Tushuntirish qilyapmiz, kelinglar deyapmiz, har xil memlar, multfilmlar qilyapmiz, reklama qilyapmiz. Lekin baribir bir yildan keyin yana shunaqa xatti-harakatlar bo‘lmasligi uchun elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz. Bitta kamchiligimiz: guvohnoma olayotganda imzo chekishi kerak, buning uchun albatta o‘zi kelishiga to‘g‘ri kelyapti.
Hozir shuni olib tashlashning harakatini qilyapmiz, olib tashlasak, umuman markazga kelish shartmas bo‘ladi. Kelmanglar deymiz, qabul ham qilmaymiz. Faqat elektron ravishda qabul qilamiz. Tayyorlab, hammanikini pochta orqali yuboramiz.
Shunday qilmasak, aytayotgan muammolarimiz yana takrorlanaveradi, takrorlanaveradi. Besh yildan keyinam xuddi shunaqa bo‘ladi. Albatta, 100 mingta, 200 mingta odam almashtirmay qolib ketadi va oxirgi kunlarda kelib, hammasi navbatga turib oladi”, – dedi adliya vaziri.
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi va avtotransport guvohnomasining yangi namunalari 2017 yil oktyabrdan amalga kiritilgan edi. Guvohnomalarni yangisiga almashtirish 2020 yil oxirida yakunlanishi ko‘zda tutilgandi, biroq keyin muddat uch marta uzaytirilgan edi.
Shu yil mart oyida ma’lum qilingan raqamlarga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasiga ega 5,7 million kishidan yarmidan ko‘pi – 3,1 millioni guvohnomasini hali ham almashtirmagan.
Guvohnomalarni majburiy almashtirishning joriy muddatlari quyidagicha:
- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi
Jahon | 19:44
-
Eron parlamenti Hormuz bo‘g‘ozini yopishi mumkin
Jahon | 19:25
-
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52
-
Britaniyalik amaldorlar bir yil ichida 2 mingdan ortiq mobil qurilmani yo‘qotib qo‘ydi - The Guardian
Jahon | 18:14
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi

18:39 / 16.05.2025