20:25 / 22.07.2022
9508

Erdo‘g‘an Qora dengizda xavfsiz yo‘lak tashkil etilganini e’lon qildi

22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an oziq-ovqat inqirozini bartaraf etish uchun yaqin kunlarda Qora dengizda xavfsiz yo‘lak ishga tushishini aytdi.

"Yaqin kunlarda xavfsiz yo‘lak ishga tushishi bilan bu masalani hal qilish borasida katta qadam tashlanadi", - dedi u Istanbulda bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat inqirozini hal qilish bo‘yicha kelishuvni imzolash marosimida.

22 iyul kuni Istanbulda Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Ukraina tomonidan shartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu imzoladi. 

Rossiya va Ukraina bilan kelishuvlarni imzolash uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Istanbulga keldi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top