21:22 / 23.07.2022
14816

Kiyevga AQSh kongressi vakillar palatasi delegatsiyasi keldi

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Kiyev AQShning Ukraina himoyasiga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi.

Foto: president.gov.ua

Kiyevga AQSh kongressi vakillar palatasi delegatsiyasi keldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik sohasida yangi yordam paketi e’lon qilingani uchun AQShga minnatdorlik bildirdi.

U ayniqsa, HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va snaryadlar taqdim etilishi ayni muddao bo‘lganini qayd etdi.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev AQShning Ukraina himoyasiga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi.

22 iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 175 mln dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishi to‘g‘risidagi memorandumni e’lon qildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top