07:46 / 23.07.2022
4180

Repetitorlik narxi bir oyda qanchaga oshgani ma’lum qilindi

Repetitorlik narxlari bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyida repetitorlik narxlari may oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, repetitorlik narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,8 foizga oshgani kuzatilgan.

Repetitorlik narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni bir yilda o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Top