07:36 / 27.07.2022
3045

Toshkent viloyatida 45 sotix yerni 7800 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

Yer savdosi bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.A. boshqa bir fuqaro U.ga Yuqori Chirchiq tumanida “T.B.” MChJga ijara shartnomasi asosida berilgan yer maydoni 45 sotixini 7 800 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top