Özbekistonda jadal rivojlanayotgan quriliş sohasida yoş mutaxassislar qanday qilib öz örnini topişi mumkin?
Bu haqda Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori Viktor Yelistratov fikrini aytdi.
Özbekiston quriliş sohasida global özgarişlar yuz bermoqda. 2022 yil iyunda Zarafşon daryosida Yovon GESi qurilişi boşlandi, Özbekistondagi eng yiriklaridan bölgan Pskom GESi qurilişi tölaqonli davom etmoqda. Suv resurslaridan kompleks foydalaniş dasturi doirasida Hisorak va Ohangaron suv omborlarida yana ikkita kiçik gidroelektr stansiyasi quriladi. Şu sababli gidroenergetik quruvçilar va gidrotexniklarga sezilarli ehtiyoj mavjud.

Töliq xizmat körsatiş va maişiy xizmat körsatişni öz içiga olgan yirik uy-joy majmualarini yaratiş asosida ommaviy fuqarolik qurilişi rivojlanmoqda. Farğona şahrida turar joy massivi qurilmoqda: 300 gektar maydonda 298 ta köp qavatli uy, şuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, uçta bolalar boğçasi, tibbiyot muassasalari, savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, sport majmuasi va masjid quriş rejalaştirilgan.
Sohaning bunday jadal rivojlanişi davlat va quriliş biznesi oldiga yangi vazifa – respublikaning yangi infratuzilma obektlarida binolar, inşootlar va ularni quriş texnologiyalarini loyihalaş böyiça zamonaviy bilimlarga ega bölgan yuqori malakali kadrlarni işlaşga jalb etiş vazifasini qöymoqda.
Respublikada kadrlar tarkibini professional mutaxassislar bilan töldiriş masalasi davlat darajasida belgilab qöyilgan. Yangi ta’lim muassasalarini taşkil etiş bilan bir qatorda xalqaro ilmiy-amaliy tajribaning uzviyligini ta’minlaş vazifasi ham turibdi. Özbekistonlik talabalar uçun Rossiya universitetlari ommabop yönalişga aylanmoqda – Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Rossiya oliy öquv yurtlarida 48 mingga yaqin özbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
“Yetakçi texnik universitetda xalqaro ta’limga ega böliş yoş mutaxassislar uçun işga joylaşişda şubhasiz ustunlik hisoblanadi. Ular öz mamlakatining içki muammolaridan xabardor va Rossiya oliy öquv yurtlarida olgan bilimlari asosida öz yeçimlarini yangi innovatsion şakllarda taklif qila oladilar, – deydi SPbPU Quriliş instituti professori Viktor Yelistratov. – Politexnika universitetida Özbekistondan 500 ga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularning köpçiligi quriliş yönalişini tanlagan. Politexnika universiteti bilan Özbekiston oliy öquv yurtlari – Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti va boşqa köplab oliy öquv yurtlari örtasida quriliş va energetika yönalişida uzoq muddatli ilmiy, ta’lim va taşkiliy aloqalar örnatilgan”.







